Bank ishi
Yoʼnalish tavsifi
Аsosiy maʼlumot
"Bank ishi" kursi amaliy yoʼnalishga ega boʼlib, tijorat banklari faoliyatini tashkil etish sohasidagi kasbiy bilimlarni beradi, kelajakdagi bankirlarga va barcha banklar bilan aloqada boʼlishni istaganlarga bank ishining asosiy qoidalarini oʼrgatadi. "Bank ishi" kursida bank faoliyatining asosiy atamalari, tushunchalari, tamoyillari va usullari bayon etilgan.
Yoʼnalish maqsadi
Dasturning asosiy maqsadi - bank sohasi boʼyicha nazariy bilimlarni shakllantirish va vujudga keladigan muammolarni hal qilishda amaliy koʼnikmalarni egallashdan iborat, shuningdek kredit tashkilotlarining mohiyati, Markaziy bank va tijorat banklarining mamlakat iqtisodiyotidagi oʼrni toʼgʼrisida, zamonaviy sharoitda tijorat banklari tomonidan mablagʼlarni jalb qilish va joylashtirishning oʼziga xos xususiyatlari toʼgʼrisida, bank operatsiyalarini oʼtkazish jarayoni toʼgʼrisida, bank foydasini shakllantirish va undan foydalanishning oʼziga xos xususiyatlari toʼgʼrisida, bank likvidligini boshqarish asoslari toʼgʼrisida, bank tavakkalchiliklarini mohiyati va darajalari toʼgʼrisida bilimlarni egallashdir.
Shu bilan bir qatorda, quyidagilar ham yoʼnalish maqsadi hisobladi:
- talabalarni bank ishining nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari bilan tanishtirish;
- yuqori malakali iqtisodchilarni tayyorlash, talabalarning davlatning amaldagi moliyaviy siyosatining asosiy yoʼnalishlari boʼyicha koʼnikma va malakalarini rivojlantirish;
- iqtisodiyotdagi dolzarb moliyaviy muammolarni optimal yechimini topish maqsadida talabalarning tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;
- talabalarning hozirgi faoliyatida olgan bilimlarini amalda qoʼllash koʼnikmalarini rivojlantirish;
- uzluksiz taʼlim va shaxsiy rivojlanish ehtiyojini rivojlantirish.
Taʼlim
Ushbu fanni oʼzlashtirish uchun quyidagi fanlarni oʼrganish davomida olingan bilim, koʼnikma va malakalar talab qilinadi: “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Pul, kredit va banklar”. Shuningdek, fanni oʼrganish davomida olingan bilim, koʼnikma va malakalar quyidagi fanlarni oʼzlashtirish uchun zarur: “Moliya”, “Xalqaro biznes”, “Menejment”.
Taʼlimdagi fanlar ulushi:
Matematika asoslari - 18%
Moliya - 52%
Iqtisodiy fanlar - 20%
Til va umumtaʼlim fanlari - 5%
Stajirovka (amaliyot) va malakaviy (bakalavr) ishi - 5%
Ishga joylashish imkoniyatlari:
Kursni yakunlash bitiruvchilarga ham davlat, ham xususiy sektor moliya institutlarida, xususan moliyaviy menejerlar, moliya mutasaddilari va kredit tashkilotlarining moliyaviy tahlilchilari sifatida muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatni davom ettirish imkonini beradi.
Moliya boʼyicha bakalavr darajasiga ega boʼlgan ushbu mutaxassislar koʼplab sohalarda, jumladan davlat tashkilotlari va xususiy tashkilotlarda doimo talabga ega. Bank sohasidagi zarur bilim va koʼnikmalar bank faoliyatini tashkil qilishda, banklarning aktiv va passiv operatsiyalari bilan bogʼliq qarorlarni qabul qilishda, shuningdek moliyaviy barqarorlikni, bankning likvidligi va rentabelligini optimal darajasini taʼminlashda hamda bank risklari darajasini pasaytirishda qoʼshimcha imkoniyatlar beradi.
Ishga joylashish sohalari:
- Markaziy bank, Markaziy bankning mintaqaviy boʼlinmalari;
- Davlat banklari, qoʼshma xorijiy kapital ishtirokidagi banklar, xususiy banklar, kapital ulushida davlat ishtirokidagi banklar;
- Investitsion banklar, investitsion kompaniyalari, investitsion vositachilar;
- Tijorat banklari, investitsiya banklari, ipoteka banklari;
- Kredit uyushmalari, sugʼurta kompaniyalari, pensiya fondlari, lizing kompaniyalari;
- Ilmiy tadqiqot tashkilotlari, turli jamoat tashkilotlari va fondlari.