Biznes boshqaruvi

Kirish:
“Biznes boshqaruvi” ta’lim yoʻnalishi har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini samarali tashkil etish va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, Jahon bankining “Doing Business” reytingida yuqori  oʻrinlarni egallash bugungi kunda tadbirkorlik sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy zamini hisoblanadi.
Mehnat bozorining ehtiyojlarini inobatga olgan holda, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga, shuningdek,  2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonnig taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq biznes sohalarida, ishlab chiqarish, marketing, iqtisodiyotning turli sohalari boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha oliy malakali kadrlar tayyorlashni oʻz ichiga oladi.
Toshkent kimyo xalqaro universiteti oʻz talabalariga nafaqat nazariy bilim berish, balki shu bilimlaridan kelajakdagi ish faoliyatlarida foydalana olishlari haqida ham qaygʻuradi. Shuning uchun taʼlimning asosiy negizini nazariy bilimlar bilan birgalikda ularda amaliy koʻkinmalarni shakllantirish va rivojlantirish ham tashkil qiladi.
Oʻquv dasturining maqsadi:
Iqtisodiyot, moliya va soliq sohasida, tadbirkorlik faoliyati va uni samarali tashkil etish haqida talabalarda har tomonlama keng qamrovli bilim va koʻnikmalarini shakllantirish. Yirik tadbirkor va ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar tashkil etish va oʻzining mustaqil  biznesini samarali tashkil etish uchun yetarli bilimlarga ega boʻlgan mamlakat iqtisodiyoti sohasida yetuk yuqori sifatli va malakali kadrlarni tayyorlash.
Talabalarga fundamental, nazariy va amaliy bilim va koʻnikmalarini berish va ularni mustahkamlab borish. Yetuk soxa mutaxassislarini tayyorlash.
Natija:
Talabalar 4 yillik oʻquv dasturlarini oʻzlashtirib olganlaridan soʻng naʼmunaviy diplomga ega boʻladi hamda bitiruvchi talabalar davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, xususiy biznes sektorlarida mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin. Shuningdek, milliy va xorijiy OTMlarda magistratura bosqichlarida oʻz oʻqishlarini davom ettirishlari mumkin.