Buxgalteriya
Yoʼnalish tavsifi
Umumiy maʼlumot
Buxgalteriya hisobi biznesni yuritishda muhim rol oʼynaydi, chunki u daromad va xarajatlarni kuzatishda, qonun hujjatlariga muvofiqligini taʼminlashda, shuningdek, investorlarga, menejmentga va hukumatga biznes qarorlarini qabul qilishda foydalanishi mumkin boʼlgan miqdoriy moliyaviy maʼlumotlarni yigʼish va tahlil qilishda qoʼl keladi. Shu sababdan ushbu yoʼnalish oliy oʼquv yurtlarida talab katta boʼlgan yoʼnalishdardan biridir.
Yoʼnalishning maqsadi
Yoʼnalishning asosiy maqsadi - buxgalteriya hisobi, boshqaruv hisobi, davlat moliyasi, korporativ moliya va shaxsiy moliya sohalarida turli kurslarda olingan nazariy va amaliy bilimlarni rivojlantirish va ulardan foydalanish koʼnikmasiga ega boʼlgan mutaxassislarni tayyorlash.
Shuningdek:
- talabalarga davlat va korporativ buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv va tahlilning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari toʼgʼrisida bilim berish;
- talabalarni yuqori malakali hisobchi, iqtisodchi va menejer boʼlib, hozirgi milliy va xalqaro buxgalteriya hisobi va moliyaviy siyosatning asosiy yoʼnalishlari boʼyicha koʼnikma va malakalarni rivojlantirishga tayyorlash;
- talabalarning analitik va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ular iqtisodiyotdagi dolzarb moliyaviy va boshqaruv masalalariga tegishli yechimlarni topish bilim va koʼnikmalarini rivojlantirish;
- talabalarni olingan nazariy va amaliy bilim va koʼnikmalarini amaliy faoliyatda qoʼllashga tayyorlash;
- uzluksiz taʼlim va shaxsiy rivojlanish bilan bogʼliq koʼnikmalarini rivojlantirish;
Taʼlim
Buxgalteriya hisobi oʼquv dasturida buxgalteriya hisobi tamoyillaridan moliyaviy tahlilgacha boʼlgan kurslar mavjud. Talabalar buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro printsiplari va amaliyoti bilan tanishadilar. Dastur davomida talabalar boshqaruv va moliyaviy buxgalteriya hisobini oʼrganadilar. Oʼqish oxirida talabalar korxonalarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilishlari va ilmiy loyihalar ustida ishlashlari koʼnikmalariga ega boʼladi.
Taʼlimdagi fanlar ulushi:
Matematika asoslari - 15%
Buxgalteriya bilan bogʼliq fanlar - 44%
Iqtisodiy fanlar - 21%
Til va umumiy fanlar - 15%
Аmaliyot va bakalavr dissertatsiyasi - 5%
Ishga joylashish imkoniyatlari
Bitiruvchilar davlat va xususiy sektorlarda buxgalter, menejer, moliyachi, moliyaviy menejer, biznes tahlilchilar, moliya direktori, biznes maslahatchilari, soliq xizmati xodimlari sifatida muvaffaqiyatli ishlashlari mumkin.
Buxgalteriya hisobi bakalavr darajasiga ega boʼlgan mutaxassislar har doim bir nechta sohalarda, shu jumladan davlat idoralari va xususiy tashkilotlarda talabga ega. Buxgalteriya mutaxassislari toʼplangan maʼlumotlarni tahlil qilish va hisobot berish uchun maʼlumotlarni toʼplashadi. Natijalarga koʼra ular byudjetni samarali ravishda taqsimlashlari, kapitalni samarali shakllantirishlari, xarajatlarni minimallashtirishlari va foydani maksimal darajada oshirishlari mumkin. Bundan tashqari, ular eng yuqori rentabellikga ega boʼlgan eng foydali investitsiya imkoniyatlarini belgilaydilar.
Bandlik sohalari:
- Davlat tashkilotlarining buxgalteriya va moliya boʼlimlari, nazorat idoralari, byudjet tashkilotlari, tijorat tashkilotlari, tijorat banklari, sugʼurta kompaniyalari, konsalting agentliklari, vositachilik va hk.
- Moliyaviy resurslarini boshqarish uchun yetakchi xalqaro va mahalliy kompaniyalarning vakolatxonalari va dilerlik markazlari;
- Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Soliq qoʼmitasi, soliq idoralari, hududiy moliya boʼlinmalari va boshqalar
- Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, turli xil jamoat tashkilotlari va fondlari;
- Elektron tijorat sohasi.