English Education
English education o‘quv dasturining maqsadi yuqori malakali ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash hamda talabalarga ikkinchi fan (double degree), ya’ni gumanitar yoki aniq fanlar yo’nalishlarida ham bakalavr darajasini beradi.
O‘quv dasturining maqsadi:
- Dastur davomida talabalar ingliz tili fanini o‘qitishning ilmiy va amaliy nazariyalari va shu sohada amalga oshirilgan zamonaviy tadqiqotlarni o‘rganadilar. Shu bilan birga, tilni samarali o‘zlashtirishga yordam beradigan, til o‘rganuvchilarning savodhonligini oshiradigan usullar bilan tanishadilar va amalda tadbiq etadilar;
- Talabalar ingliz tili o‘rganuvchilariga samarali o‘quv muhitini yaratishda ingliz madaniyati nazariyasi va prinsiplari muhim ahamiyatga ega ekanligi o‘rganadilar. Va kerakli amaliy ko‘nikmalarini shakllantiradilar. Til o‘rganish jarayonida madaniyat va madaniy qatlamlarning mohiyati va roli bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, madaniy o‘ziga xosliklar til o‘rganishga muhim ta’sir ko‘rsatuvchi omil ekanligini o‘rganadilar;
- Talabalar dalillarga asoslangan amaliyotlarni o‘rgangan holda, o‘quv rejasi tuzish va undan dars jarayonida foydalanish xamda ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish standartlariga moslashtirish usullarini o‘rganadilar. Talabalar dastur modellari, til ko‘nikmalarini rivojlantirish va dars jarayonida integratsiyalash strategiyalarini tadbiq etish haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Zamonaviy texnologiyalarni til o‘rgatish jarayonida samarali qo‘llash, til o‘rganuvchilarga mos keladigan o‘quv resurslari va materiallarni to‘g‘ri tanlay olish va tuzish malakalarini shakllantiradilar.
Natija:
Ushbu dastur talabalarga mustaqil izlanuvchanlik, yangiliklar yaratish, ijodiy va tanqidiy fikrlash mahoratlarini oshirishga yordam beradi. Talabalarga beriladigan topshiriqlarning barchasi ularning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. English education ta’lim yunalishining bakalavr bitiruvchilari o‘z sohasini yuqori malakali mutaxassislari bo‘lib etishadilar. Bo‘lajak o‘qituvchi sifatida talabalar hozirgi zamon talablariga mos keladigan barcha bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
O‘quv dasturi:
English education bakalavr dasturi 148 kreditni o‘z ichiga olib, har bir semestr 20 kreditdan iborat. O‘quv dasturi ingliz tilini o‘qitish metodikasi amaliy va nazariy jihatlari va talabalar tomonidan tanlangan yo‘nalishlaridan biri(aniq yoki gumanitar)ni o‘z ichiga oladi.
1- o‘quv yili: talabalar ingliz tili fani(tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalari; akademik o‘qish, akademik yozishga kirish va lug‘at boyligini oshirish), tarix va adabiyot, IT(informatsion texnologiya) sohalari buyicha o‘z bilimlarini oshiradilar.
2-o‘quv yil: talabalar metodika(raqamli sinfxona dasturini qo‘llash, zamonaviy o‘qitish metodlari), o‘rta asrlar tarixi va matematik metodlar qo‘llash sohasida o‘z bilim va malakalarini oshirish imkoniyatiga ega buladilar.
3-o‘quv yil: talabalar o‘qitish metodikasi (zamonaviy o‘qitish metodlari, tadqiqot usullari, sinfni boshqarish, materiallarni loyihalash, saralash va dars jarayonida kerak bo‘ladigan ko‘llanmalarni yaratish) ga asosiy ahamiyatni qaratadilar. Shuningdek, ushbu bosqichda Ingliz tili adabiyoti, San’at va din tarixi(gumanitar yo‘nalish), Matematika mohiyati va Amaliy matematika(aniq fanlar yo‘nalishida)ni o‘z ichiga qamrab oladi.
4-o‘quv yil: ushbu bosqichda talabalar o‘quv dasturi tuzish, baholash usullari va mezonlari, Termodinamika asoslari va jismlar xususiyatlari(aniq fanlar yo‘nalishida) fanlarini o‘zlashtiradilar. Bunga qo‘shimcha ravishda, talabalar o‘quv yilining ikkinchi semestrida malakaviyamaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.