Koreys filologiyasi
Koreys tilini o'qitish bo'yicha professional bilimga ega va koreys madaniyati va madaniyat haqida keng tushunchaga ega koreys tili o'qituvchilarini tayyorlash!
- Koreys tili ta’limi sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha aniq o‘quv dasturini ishlab chiqish.
- Chet tilini amaliy o‘rganish orqali chet tilini biladigan, malakali koreys tili o‘qituvchilarni yetishtirish uchun asos yaratish.
- Koreys tili va koreys madaniyatini o'rgatish bilan bog'liq mukammal va foydali kurslarni ochish.
- Faol o'rganish va turli to'garaklar faoliyati
Ta'lim maqsadi
- Koreys tili va madaniyatining globallashuviga hissa qo’shadigan yetuk mutaxassislarni yetishtirish
- Koreys tili va madaniyati bo‘yicha jahonning yetakchi mutaxassislarini yetishtirish
- turli xil gumanitar ta’lim orqali buyuk istedodli insonlarni rivojlantirish.
O'quv dasturi
O’rganiladigan fan | Fanlar soni | Kredit |
Koreys tili (한국어) | 18 | 55 |
Pedagogika fanlari(교직이수) | 15 | 41 |
Koreashunoslik(한국학) | 9 | 19 |
Koreya ma’daniyati(한국문화) | 7 | 17 |
Fakultativ(교양) | 3 | 6 |
Tanlov fan (선택과목) | 6 | 12 |
Ilmiy ish(논문) | 1 | 2 |
Umumiy(합계) | 59 | 152 |
Karyera va bandlik sohalari
Tadqiqot (연구) | Koreys tili va madaniyati tadqiqotchisi, koreys tili darsligini yaratuvchisi, ikki tilni qiyosiy tadqiq qilish bo‘yicha mutaxassis |
Ta’lim (교육) | Koreys tili o'qituvchisi, koreysshunoslik professori |
Tarjimashunoslik (통∙ 번역) | Og’zaki tarjimon, yozma tarjimon, koreys adabiyoti tarjimoni. |