Liboslar dizayni
Liboslar dizayni ta’lim dasturi Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, San’at maktabi tarkibida faoliyat yuritadi. Ushbu yo’nalish bugungi kunda rivojlangan badiiy ta’lim dasturlaridan biri bo’lib, erkin ijodiy faoliyat, yengil sanoat kabi sohalar mutaxassislarini tayyorlaydi. Libos dizaynerining professional faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:
- Libos, to’qimachilik, asksessuarlarning yangi turlarini loyihalash;
- Ijodiy g’oyalarni amalga oshirish;
- Yangi g’oyalar konsepciyalarini ishlab chiqish;
- Zamonaviy liboslarning funktsional va badiiy bog’liqligini inobatga olgan holda yaratish.
“Liboslar dizayni” ta’lim dasturi 4 yilga (8 semestr) mo’ljallangan bo’lib, nazariy va amaliy fanlar o’zaro ketma-ketligida olib boriladi. Ta’lim jarayoni davomida talabalar libos loyihasini yaratish, moda illyustratsiyalari, gazlamalar bilan ishlash, modellashtirish, libos yaratishning texnologik jarayoni, kompyuter dasturlarida loyihalarni bajarish kabi ko’nikmalarga erishadilar.
Dasturni tamomlagach talabalar – 60210400 “Libos dizayni” ixtisosligi bo’yicha bakalavr darajasiga ega bo’ladilar.