Moliya

Yoʼnalish tavsifi
Аsosiy maʼlumot

Bozor iqtisodiyotining asosini tovar-pul munosabatlari tashkil etishini hisobga oladigan boʼlsak, “Moliya” makroiqtisodiyotda pul munosabatlarini shakllantirish va boshqarishda, samaradorlikni oshirishda, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishda muhim rol oʼynaydi deb taʼkidlash mumkin. Mamlakatda “Moliya” kabi taʼlim yoʼnalishiga katta ahamiyat beriladi. Bundan tashqari, oliy taʼlim sohasida ham moliya fani talab yuqori boʼlgan fanlardan biridir.

Yoʼnalish maqsadi
Dasturning asosiy maqsadi - kasbiy tayyorgarlik va turli xil fanlarni oʼrganish jarayonida olingan nazariy bilimlarni doimiy ravishda rivojlantirish va ulardan davlat, korporativ va shaxsiy moliya sohasida amaliy foydalanishdir.
Shu bilan bir qatorda, quyidagilar ham yoʼnalish maqsadi hisobladi.

Taʼlim
"Moliya" fanining oʼquv dasturi moliya, matematika va biznes fanlari oʼrtasidagi uzviy bogʼliqlikda taqdim etilgan. Talabalar klassik, zamonaviy iqtisodiy tamoyillar va nazariyalar bilan tanishadilar. Dastur doirasida ular davlat va korporativ moliyani oʼrganadilar. Bakalavr bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagandan soʼng, bitiruvchilar korxonalarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish va ilmiy loyihalar ustida ishlash koʼnikmalariga ega boʼladilar.

Taʼlimdagi fanlar ulushi
Matematika asoslari - 18%
Moliyaga oid fanlar - 52%
Iqtisodiy fanlar - 20%
Xorijiy til va umumiy fanlar - 5%
Amaliyot va bitiruv malakaviy ishi - 5%

Ishga joylashish imkoniyatlari
Bakalavr bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagandan soʼng, bitiruvchilar oʼz faoliyatini moliyachi, moliyaviy menejer, biznes tahlilchi, moliyaviy direktor, biznes-maslahatchi, soliq inspektori yoki buxgalter lavozimlarida davlat va xususiy sektorda muvaffaqiyatli olib borishlari mumkin.
Moliya boʼyicha bakalavr darajasiga ega boʼlgan mutaxassislarga koʼplab sohalarda, jumladan davlat idoralari va xususiy tashkilotlarda doimo talab mavjud. Moliyachilar asosan jamlangan maʼlumotlar va hisobotlarni tahlil qiladilar. Natijalar asosida byudjetni samarali taqsimlash, kapitalni shakllantirish, xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiradilar. Bundan tashqari, ular ichki daromadlilik (IRR) darajasi yuqori boʼlgan eng foydali investitsiya imkoniyatlarini aniqlaydilar.

Ishga joylashish sohalari: