Turizm

Kirish

“Turizm” yoʼnalishi har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Tovarlar va xizmatlarning jaxon bozorlariga bosqichma – bosqich kirish uchun turizm xizmatlaridan samarali foydalanish va mamlakatning iqtisodiy oʼsishini oshirish uchun yoshlarimizni tayyorlash bizning assosiy maqsadimizdir. 
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarga nafaqat nazariy va amaliy bilim berish, balki bu bilimlarni kelajakdagi kasbiy faoliyatida qoʼllashdan manfaatdor. Taʼlimning asosiy negizi amaliy koʼnikmalaridan iboratdir. 

Dastur maqsadi
Turizm, mehmonxona va restoran biznesida xodimlarni boshqarish, sayyohlik safarlarini tashkillashtrish, Oʼzbekiston Respublikasida ichki va tashqi turizm bozorini rivojlantirishning asosiy geografik yoʼnalishlari boʼyicha yuqori malakali kadrlarni tayorlash. 

Natija
“Turizm” taʼlim yoʼnalishi bitiruvchilari “Turizm vamadaniy meros vazirligi” da va uning boʼlinmalarida, mehmonxonalarda, restoranlarda, aeroport va aviakasssalarda, sayyohlik kompaniyalarida ishlashlari mumkin, shuningdek turizm sohasidagi korxonalarni tashkil etishlari mumkin.