Xalqaro marketing

Kirish
“Xalqaro marketing” sohasidagi bakalavriat dasturi marketing va kommunikatsiya strategiyalarini oʼrganish, rejalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilish uchun mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Dastur marketingning xalqaro istiqbollari bilan tanishtiradi, shuningdek, talabalarni xalqaro bozorlar, xalqaro marketing va xalqaro biznes boshqaruvi bilan tanishtiradi. 
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarga nafaqat nazariy va amaliy bilim berish, balki bu bilimlarni kelajakdagi kasbiy faoliyatida qoʼllashdan manfaatdor. Taʼlimning asosiy negizi amaliy koʼnikmalaridan iboratdir. 

Dastur maqsadi
“Xalqaro marketing” taʼlim yunalishining maqsadlari quyidagilardan iborat: Talabalarga yangi gʼoyalar va keyingi ishga joylashishda yuzaga keladigan muammolarni \hal qilish imkonini beradigan akademik bazani taʼminlash, talabalarga nazariy va amaliy bilimlar berish, balki bu bilimlarni kelajakdagi tadbirkorlik faoliyatida qullash imkoniyatini yaratish, menejment, huquq, iqtisod, statistika va axborot texnologiyalariga tegishli Xalqaro marketingning muhim asoslarini berish xamda korxonalar uchun marketing rejalari va strategiyalarini tayyorlaydi.

Natija
“Xalkaro marketing” taʼlim yoʼnalishi bitiruvchilari xususiy, davlat, xorijiy va qo‘shma korxonalarida ishlash, tovar va xizmatlarni ilgari surish bo‘yicha konsalting kompaniyalarida ishlash, shuningdek, mustaqil ravishda kompaniyalar tashkil etish va tijorat faoliyatiga rahbarlik qilishlari mumkin. 
“Xalqaro marketing” taʼlim yoʼnalish bitiruvchilari xususiy davlat, xorijiy va qoʼshma korxonalarida ishlash, tovar va xizmatlarni ilgari surish buyicha konsalting kompaniyalarida ishlash, shuningdek, mustaqil ravishda kompaniyalar tashkil etish va tijorat faoliyatiga rahbarlik qilishlari mumkin.