Yo'l harakatini boshqarish
Yo'l harakatini boshqarish - bu statsionar va harakatlanuvchi transport vositalari, shu jumladan piyodalar, velosipedchilar va barcha turdagi transport vositalarining harakatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishdan iborat. Uning maqsadi odamlar va yuklarning xavfsiz, tartibli va samarali harakatlanishini ta'minlash, ularni imkon qadar himoya qilish, yo'llar va uning atrofidagi mahalliy atrof-muhit sifatini yaxshilashdir.
Yo'l harakatini boshqarish sxemalarining konkret maqsadlari quyidagilardan iborat:
- transport oqimi sharoitini yaxshilash, tirbandlikni kamaytirish (ko'pincha transport oqimi samaradorligini oshirish maqsadlari ustuvor bo'lgan yo’llar ya’ni arterial yo’llar va avtomagistrallar uchun muhimdir)
- marshrut yoki hudud xavfsizligini oshirish (halokat tahlili yoki yoki jamiyatning muayyan mulohazalari asosida)
- bolalar, piyodalar va velosipedchilarning harakatlanish xavfsizligini, mobilligini va yo’llardan foydalanish imkoniyatini oshirish
- aholi turar joylarini obodonlashtirish
- tijorat, chakana savdo va ko'ngilochar tadbirlar o’tkaziladigan joylarga kirish imkoniyatini yaxshilash
- avtomobilda yuk tashish unumdorligi va harakat xavfsizligini oshirish (ayniqsa, umumiy maqsadi iqtisodiy masalalarni hal qilishga qaratilgan transport vazifasi uchun muhimdir)
- jamoat transporti va yo'llarining ekspluatatsion sharoitlarini yaxshilash (Odamlarning jamoa transportida harakatlanishi, shahsiy avtomobilda harakatlanganga qaraganda samarali ekanligini aks ettirish )
- Avtoturargoh muammolarini hal qilish maqsadida real vaqtda harakatlanuvchilar haqidagi ma'lumotlar kabi axborotlarni, yo'l foydalanuvchilari uchun yetkazish.