Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filialining “Kunduzgi va kechki ta’lim” yo’nalishining asosiy maqsadi, tasarrufidagi kafedralar (Iqtisodiyot, Aniq fanlar, Xorijiy tillar, Pedagogika va ijtimoiy fanlar kafedralari) bo’yicha taʼlim standartlariga muvofiq, chuqur nazariy, amaliy bilimga ega boʻlgan professional kadrlarni tayyorlash uchun oʻquv, oʻquv-uslubiy hamda ilmiy ishlarni sifatli tashkil etishdan iborat.
“Kunduzgi va kechki ta’lim” yo’nalishlarining asosiy vazifalari:
• taʼlim standartlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash;
• yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida, milliy va xorijiy korxonalar, tashkilotlar hamda oliy o‘quv yurtlari bilan ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish;
• o'quv, ilmiy, o'quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
• professor-o'qituvchi va talabalarning kasbiy hamda ma'naviy-ahloqiy darajasini oshirish.