O'quv-uslubiy boshqarma universitet tarkibiy tuzilishidagi o'quv va uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi. Boshqarmaning asosiy faoliyati, universitetdagi o'quv va uslubiy jarayonni samarali tashkil etishini ta'minlashga qaratilgan.
Boshqarma O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning samarali shakllardagi ijrosini, shuningdek, har tomonlama yetuk yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ta'limni o'quv-metodik jihatdan uzviyligini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan bo'lib, o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, universitet Ustavi, universitetning ichki tartib qoidalari, universitet Ilmiy kengashining qarorlari, universitet rektorining buyruqlari, o'quv ishlari bo'yicha prorektorning ko'rsatmalari asosida olib boriladi.
Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari:
• universitetda o'quv jarayonini samarali tashkil etish va ta'minlash;
• o'quv jarayonining tashkiliy masalalarini hal qilishda, universitetning yagona strategiyasini amalga oshirish;
• o'quv jarayonini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni o'rganish, takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash va hayotga tadbiq etishda ishtirok etish;
• o'quv jarayonlarini samarali tashkil etilishini ta'minlash uchun fakul’tetlar, kafedralar va boshqa bo'linmalarning tegishli faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
• o'quv jarayoniga oid masalalar bo'yicha fakul’tetlar va bo'linmalar hisobotlarini umumlashtirish, universitetning hisobotlarini tayyorlash hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib borish;
• universitet talabalari kontingenti harakatini nazoratga olish;
• universitet kafedralarida yo'nalishlar va mutaxasisliklarida o'qitiladigan fanlar bo'yicha o'quv yuklamalarini umumlashtirish hamda bajarilishini monitoring qilish, asosiy va soatbay ish haqi uchun ro'yxat olish;
• professor-o'qituvchilar bilan soatbay ish haqi asosida shartnomani tuzish va buyurtmalarni tayyorlash;
• o'quv yili va semestrlar bo'yicha ishchi o'quv rejalarining bajarilishini o'rganib borish;
• o'quv jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan o'quv-metodik izlanishlar olib borish;
• o'quv jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etilishini ta'minlovchi axborot-pedagogik texnologiya va metodlarni keng joriy qilib borish hamda ilg'or tajribalarni ommalashtirish;
• malakaviy amaliyotni tashkil etishda ko'maklashish;
• universitetda o'qitiladigan fanlarning uslubiy ta'minotini samarali tashkil etilishi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va ularning kafedralarda to'liq hamda sifatli bajarilishini ta'minlash;
• o'quv jarayonining uslubiy-tashkiliy masalalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;
• universitet kafedralarida o'qitiladigan fanlar bo'yicha o'quv-uslubiy ta'minotning holatini o'rganib borish hamda belgilangan muddatlarda ularning muhokamasini tayyorlash;
• amaldagi ishchi o'quv rejalarida kiritilgan yangi fanlarni o'qitishning uslubiy ta'minotini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va ularning kafedralarda holatini o'rganib borish;
• o'quv rejasidagi fanlarning o'quv adabiyotlari bilan ta'minlanganligini o'rganish;
• o'quv jarayonini uslubiy jihatdan takomillashtirish yuzasidan metodik izlanishlar olib borish va ularni amalga oshirishga qaratilgan ilmiy seminarlarni tashkil etish;
• universitet “Qabul komissiyasi” ishini tashkil etish;
• Nizomda ko'rsatilgan vazifalarni bajarish uchun belgilangan shtatlar birligiga ko'ra, xodimlarni ishga qabul qilish borasida takliflarni ishlab chiqish hamda o'quv ishlari bo'yicha prorektorga taqdim etish;
• universitetning boshqa tarkibiy bo'linmalaridan o'quv jarayoniga oid hujjatlar va materiallarni talab qilish va olish;
• universitet nomidan davlat va nodavlat tashkilotlari, shuningdek, boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan aloqada ta'lim masalalari bo'yicha vakillik qilish;
• o'quv jarayonini tashkil qilish bo'yicha uchrashuvlar o'tkazish va bunday uchrashuvlarda qatnashish;
• o'quv jarayoni bo'yicha tushuntirishlar, tavsiyalar va ko'rsatmalar berish;
• O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida qayd etilgan boshqa huquq va vakolatlardan foydalanish.