Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filialining “Pedagogika va ijtimoiy fanlar” kafedrasi 2022-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda kafedrada 5 ta ta`lim yo‘nalishlari “Boshlang‘ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim”, “Maxsus pedagogika”, “Tarix” va “Liboslar dizayni” bakalavrlar, 2 ta ta’lim yo‘nalishi bo`yicha esa, ya’ni “Boshlang`ich ta`lim nazariyasi va metodikasi”, “Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi” magistrlari tayyorlanib kelinmoqda.
Kafedra o'zining keyingi rivojlanishini ijtimoiy-madaniy vaziyatni hisobga olib, dunyodagi yetakchi universitetlarning eng yaxshi xalqaro amaliyotlariga, ta'lim tashkilotlari, professional jamoalar bilan tarmoq aloqalariga tayangan holda bog'laydi. Kafedra ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy o'zgarishlar sharoitida, yangilanishning asosiy g'oyasiga asoslangan universitetning maqsadlari, vazifalari va tadbirlarini amalga oshirishni ta'minlashi uchun o'z faoliyatini muvofiqlashtiradi.
“Pedagogika va ijtimoiy fanlar” kafedrasini rivojlantirish rejasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• ta’limning barcha bosqichlari uchun pedagog va mutaxassislarni sifatli tayyorlash kafolati;
• ta'lim amaliyotiga innovatsiyalarni joriy etish;
• intellektual, ijtimoiy va tarbiyaviy funktsiyalarning birligini amalga oshirish;
• har bir shaxsni o'zgaruvchan hayot va kasbiy vaziyatga muvofiq, o'z ta'lim trayektoriyasini aniqlash qobiliyatini o'rgatish-rivojlangan shaxsni shakllantirish;
• ijtimoiylashuv, ta'lim va ilmiy faoliyatga yangi ishtirokchilarni jalb qilish, shu jumladan, fanlararo va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish orqali kommunikativ makonni kengaytirish.