Boshlang‘ich ta’lim
Boshlangʻich taʼlim – umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi. Oʻzbekiston Respublikasida boshlangʻich taʼlim 1–4sinflarda bolalarga ilk taʼlim berish, ularni maʼnaviy kamol toptirishning boshlanish davri hisoblanadi. Bunda taʼlim mazmunini belgilash muhim ahamiyatga ega.
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi – jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻladigan raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayorlaydigan yoʻnalish boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining davlat va xususiy maktablarida 1-4 sinflar uchun moʻljallangan taʼlim jarayoniga boʻlajak boshlangʻich
sinf oʻqituvchilarini professional darajada tayyorlash, ularni jamiyatdagi rolini oshirish, yangi innovatsion texnologiyalar asosida oʻqitishga hamda axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni oʻzlashtirishga qaratilgan.
Mazkur taʼlim yoʻnalishi dasturi davlat taʼlim standartlari talablari asosida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirishga nazariy va amaliy yordam beradi. Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari pedagogik nazariya, oʻqitish metodikasi hamda bilish jarayonlarini boshlangʻich taʼlim nazariyasi boʻyicha puxta oʻzlashtiradilar va oʻquv-pedagogik amaliyotlarda faol qatnashadilar. Shuningdek, yoʻnalish oʻquv dasturi asosida talabalar xorijiy va koreys tillarini mukammal oʻrganadilar.
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talaba kelgusida oʻz yoʻnalishining koʻp qirrali, umumiy oʻrta taʼlim, nodavlat taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat olib bora oladigan yetakchi, raqobatbardosh mutaxassisi boʻlib yetishadi.
Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti oʻz talabalariga nafaqat nazariy bilim berish, balki shu bilimlaridan kelajakdagi ish faoliyatlarida foydalana olishlari haqida ham qaygʻuradi. Shuning uchun taʼlimning asosiy negizini nazariy bilimlar bilan birgalikda ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish, amaliy mashgʻulotlarni nufuzli oʻquv maskanlarida tashkil etish kabi jarayonlarga alohida eʼtibor qaratadi.