Tarix

Kirish
“Tarix” taʼlim yunalishi talabalarga Oʼzbekiston va jahon tarixining asosiy voqealarini ilmiy, nazariy jihatdan bilish, mushohada va tahlil qila olishga yoʼnaltirilgan fanlarni oʼqitish, shuningdek, ularda tarix fanining nazariy va uslubiy bilim, koʼnikma, malaka va kasbiy kompitensiyalarni shakillantiradi. 
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarga nafaqat nazariy va amaliy bilim berish, balki bu bilimlarni kelajakdagi kasbiy faoliyatida qoʼllashdan manfaatdor. Taʼlimning asosiy negizi amaliy koʼnikmalaridan iboratdir. 

Dastur maqsadi
“Tarix” taʼlim yunalishining maqsadlari quyidagilardan iborat: tahsil olayotgan talabalarning oʼzlari tanlagan yoʼnalish boʼyicha sifatli taʼlim olishlari uchun yetarli oʼkuv-uslubiy baza yaratish, mikrotarix syujetlari va makrotarix davrlarini aniqlashtirish hamda uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, tarix yaratuvchilari, qadimgi va yangi davr xaritalarini qiyoslagan holda maʼruza matnlari tayyorlash, innovatsion va kreativ tarixchi olimlar bilan real hamkorlik qilish, yoʼnalish talabalarining tarbiyaviy ish sohasini mukammal egallashlariga alohida eʼtibor qaratish va bu boradagi ishlarni rejali amalga oshirishga qaratilgan. 

Natija
"Tarix" taʼlimi yoʼnalishi bitiruvchilari xususiy, davlat va xalqaro taʼlim muassasalarida, taʼlimning boshqaruv organlarida, ilmiy-maʼrifiy, tadqiqot institutlarida, muzey va arxivlarda, nodavlat va notijorat tashkilotlarda, xususan, siyosiy partiyalarda foaliyat olib borishlari mumkin.