Aniq fanlar kafedrasi

      Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filialining “Aniq fanlar” kafedrasiga 2021 yilda asos solingan bo’lib, filialda tashkil etilgan ilk kafedra hisoblanadi. Kafedraning asosiy maqsadi, kafedra tasarrufidagi fanlar bo’yicha taʼlim standartlariga muvofiq chuqur nazariy, amaliy bilimga ega boʻlgan professional kadrlarni tayyorlash uchun oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlarni sifatli tashkil etishdan iborat. 
    Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan filialning deyarli barcha taʼlim yoʻnalish talabalariga oʻquv rejasida keltirilgan “Iqtisodchilar uchun matematika”, “Statistika asoslari”, “Ekonometrika”, “Elementar matematika”, “Informatika”, “Dasturlash asoslari” kabi fanlar oʻzbek, rus tillarida oʻqitiladi. Darslar fanlarga mos ishchi dastur (Syllabus) boʻyicha, joriy etilgan dars jadvali asosida olib boriladi. Kafedra oʻqituvchilari tomonidan tayyorlagan oʻquv materiallari “Moodle” tizimiga ham joylashtirib boriladi.
       Kafedraning asosiy vazifalari:
•    taʼlim standartlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash;
•    sifatli nazariy va amaliy bilim berish;
•    oʻquv va o’quv-uslubiy ishlarni yuqori saviyada tashkil etish;
•    matematika va informatsion texnologiyalar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Shoyusupov Shokirjon Azizovich
Shoyusupov Shokirjon Azizovich
Kafedra mudiri

Tursunov Anvarjon Maxmudxojayevich
Tursunov Anvarjon Maxmudxojayevich
Katta o’qituvchi

Ismandjanov Olimjon Tohirjon o‘g‘li
Ismandjanov Olimjon Tohirjon o‘g‘li
O`qituvchi

Xalilov Bekzod Axmatovich
Xalilov Bekzod Axmatovich
O`qituvchi