Xorijiy tillar kafedrasi

    Xorijiy tillari kafedrasi o‘quv-uslubiy ishining asosiy maqsadi oliy o‘quv yurtlari talabalarini o‘qitish sifatini oshirish va mutaxassislar tayyorlashning uslubiy ta’minotini yaxshilashdan iborat. Kafedraning vazifasi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. O‘quv dasturlari ingliz, koreys va rus tillarini o‘rganishning  nazariy va amaliy jihatlarini o’z ichiga qamrab oladi. Bundan tashqari, kafedra ta’lim standartlariga muvofiq, chuqur nazariy va amaliy bilim hamda  kompetensiyalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni sifatli tashkil etish, amalga oshirish, kafedra profili bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash kabi vazifalarni ham o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Mashg'ulotlar 1- va 2-bosqichlarga  amaliy mashg'ulotlar shaklida o’quv dasturlari (Syllabuslar) asosida tasdiqlangan jadval bo'yicha olib boriladi. Kafedra o'qituvchilari “Moodle” platformasiga o'quv materiallarini tayyorlaydilar va joylashtiradilar. Talabalar faoliyati turli an'anaviy va muqobil baholash vositalaridan foydalangan holda tahlil qilinadi.
   Kafedra mahalliy va xorijiy universitet hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Kafedrada xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha muntazam ravishda davra suhbatlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, ilmiy seminarlar va treninglar o‘tkazib turiladi. Shuningdek, yuqori “Impakt-faktor” va “Scopus” ilmiy jurnallarida tezis hamda maqolalar chop etish uchun tayyorlanadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham olib boriladi. 

Click to link to download - include a link to the PDF!

Alimova Mamura Habibullayevna
Alimova Mamura Habibullayevna
Kafedra mudiri

Gabdulhakova Rasima Faridovna
Gabdulhakova Rasima Faridovna
Dotsent

Kuchkarova Yana Davidovna
Kuchkarova Yana Davidovna
Katta o’qituvchi

Nabiyev Sherzodbek Habibillo o'g'li
Nabiyev Sherzodbek Habibillo o'g'li
O`qituvchi