
Tabrik
Hurmatli O’zbegim ayollari!
Bizning KIUT Namangan filiali jamoasi Sizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimizdan qutlaydi. Sizlarga bahoriy tabassum, mustahkam sihat-salomatlik, quyosh harorati-yu, olam-olam quvonchga to‘la hissiyotlarni yo‘ldosh bo‘lishiga tilakdosh bo‘lib qolamiz! Lablaringizdan samimiy kulgu, xonadoningizdan baxt-saodat tuyg‘ulari, ezgulik hissi, nur va sevinch, mehr va muhabbat aslo arimasin! Xonadonlaringizda hamisha tinchlik-totuvlik hukm sursin, hammangizning yuzingiz g‘am ko‘rmasin, farzandlaringiz va yaqinlaringiz mehridan hamisha bahramand bo‘lishlik nasib etsin! Sizlarga dunyodagi barcha ezgu tilaklarni va istaklarni ravo ko‘rishimizni hamda bizning baxtimizga doimo sog‘-salomat yurishingizni tilab qoladi!
Xonadoningizda doimo baxt-iqbol quyoshi porlab turishiga tilakdoshmiz!
Samimiyat ila,
KIUT Namangan filiali jamoasi