Maktabgacha ta’lim

Maktabgacha taʼlim yoʼnalishi – jamiyatda oʼz oʼrniga ega boʼladigan raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayorlaydigan yoʼnalish boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasining davlat va xususiy maktabgacha taʼlim muassasalari uchun moʼljallangan taʼlim-tarbiya jarayoniga boʼlajak tarbiyachi-pedagoglarni professional darajada tayyorlash, ularni jamiyatdagi rolini oshirish, yangi innovatsion texnologiyalar asosida oʼqitishga hamda axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni oʼzlashtirishga qaratilgan. 

Mazkur taʼlim yoʼnalishi dasturi davlat taʼlim standartlari talablari asosida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachi-pedagoglari uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirishga nazariy va amaliy yordam beradi. Boʼlajak tarbiyachi-pedagoglar pedagogik nazariya, oʼqitish metodikasi hamda bilish jarayonlarini maktabgacha taʼlim nazariyasi boʼyicha puxta oʼzlashtiradilar va oʼquv-pedagogik amaliyotlarda faol qatnashadilar. Shuningdek, yoʼnalish oʼquv dasturi asosida talabalar xorijiy va koreys tillarini mukammal oʼrganadilar.

Maktabgacha taʼlim yoʼnalishida tahsil olayotgan talaba kelgusida oʼz yoʼnalishining koʼp qirrali, maktabgacha taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat olib bora oladigan yetakchi, raqobatbardosh mutaxassisi boʼlib yetishadi.