Iqtisodiyot kafedrasi

   Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, Namangan filialining “Iqtisodiyot” kafedrasi  2022 yilda tashkil etilgan. Kafedraning asosiy maqsadi. O’zbekiston respublikasi iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tish jarayonida dunyoning rivojlangan mamlakatlari andozalari darajasidagi, mustaqil fikrlaydigan hamda yuksak ma’naviyat hamda ahloqiy fazilatlarga ega bo’lgan mutaxassislar, shu jumladan, xalqaro darajadagi iqtisodchi, buxgalterlar, marketologlar, moliya, bank mutaxassislari qolaversa, boshqaruvchi-menejerlarni ham tayyorlash vazifasini kun tartibiga qo’ydi. 
   Kafedra tasarrufidagi fanlar bo’yicha xalqaro standartlarga muvofiq, chuqur nazariy, amaliy bilimga ega boʻlgan professional kadrlarni tayyorlash uchun oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlarni sifatli tashkil etishdan iborat. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan filialning “International economic relations”, “Business management”, “Finance”, “International marketing”, “Accounting” va “Banking” kabi ta’lim yoʻnalish talabalariga oʻquv rejasida keltirilgan, “Finance, microeconomics”, “Business law”, “Principles of management”, “Money”, “Credit and banks”, “International economic relations”, “World economy”, “Green economy and ecology”, “Principles of accounting”, “Principles of management”, “Principles of marketing”, “International economic relations”, “Basic accounting” kabi fanlarni oʻzbek, rus va ingliz tillarida oʻquv jarayonlari olib boriladi. Darslar fanlarga mos ishchi dastur (Syllabus) boʻyicha joriy etilgan va dars jadvali asosida tashkil etilgan. Talabalarga professor-ustozlar tomonidan, “Moodle” platformasiga o’quv materiallari va topshiriqlar muntazam ravishda joylashtirib boriladi. 
Kafedraning asosiy vazifalari:
•    taʼlim standartlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash;
•    sifatli nazariy va amaliy bilim berish;
•    oʻquv va o’quv-uslubiy ishlarni yuqori saviyada tashkil etish;
•    iqtisodiy yo’nalish va tarmoqlar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Dadaboyev To’lqinjon Yusupjonovich
Dadaboyev To’lqinjon Yusupjonovich
Kafedra mudiri

Karimov Sardor Nosirjon o’g’li
Karimov Sardor Nosirjon o’g’li
O`qituvchi